Termizdagi harbiy qismlarning birida O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashining Termiz tumani bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum harbiy xizmatchilarning oila a'zolarini kasbga o‘rgatish, shuningdek, “Avtomototaransport vositalari haydovchilarini tayyorlash” hamda Davlat dasturining 2-bosqich 5 ta yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb etish maqsadida imzolangan.
Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarga tashkilotning Termiz tumanidagi bo‘limida yaratilgan shart-sharoitlar tanishdi, harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘quv kurslari, ularning afzallik tomonlari va o‘quv jarayonlarini tashkil etish tartibi, to‘lovlarni amalga oshirish mexanizmi hamda mavjud sport to‘garaklari to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi