O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi o'tkazildi

2021-08-11 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Narbaeva rahbarligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi videokonferens aloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda vazir Nozim Xusanov Xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2021- yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasining birinchi yarim yillikdagi ijrosi to‘g‘risidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashi yig‘ilishining 2021-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida Bandlik va mehnat munosabatlar vazirligi asosiy ijrochi sifatida 18 ta, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ham ijrochi sifatida 17 ta ustuvor vazifalarga masʼul etib belgilanganligi, shundan, 2021-yil birinchi yarim yilligi uchun asosiy ijrochi sifatida 10 ta ustuvor vazifalar belgilanib bo‘lib, ushbu vazifаlarni bajarilishi bo‘yicha axborot berildi.

Shuningdek, joriy yilning 2-yarim yilligiga belgilangan vazifalаrni o‘z muddatida va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi. Ma'lumot o'rnida: Joriy yilda “Heritage” Jamg‘armasi tomonidan “Wall Street Journal” bilan hamkorlikda chop etiladigan “Iqtisodiy erkinlik indeksi – 2021” yillik hisobotida O‘zbekiston avvalgi 114-o‘rindan 108-o‘ringa yuqorilagan holda o‘z o‘rnini 6 pog‘onaga yaxshiladi. Shuni qayd etish kerakki, bevosita vazirlik masʼul bo‘lgan Mehnat bozori erkinligi komponenti bo‘yicha 60,3 ball (+0,4 ball) to‘plab, avvalgi 93 o‘rindan 84 o‘ringa yuqorilagan holda o‘z o‘rnini 9 pog‘onaga yaxshilandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться