O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik o‘z samarasini bermoqda
2021-08-10 | Xavfsizlik sohasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan o‘zaro hamkorlikda navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘quv yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mutaxassis sapyor-portlatuvchilari bilan tayyorlash o‘quv kursini o‘tkazish bilan bir qatorda Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hududiy Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari mutaxassislari bilan ham malaka oshirish o‘quv kurslari o‘tkazildi.
O‘quv kursi davomida katta instruktor-o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar pedagogik texnologiyaning zamonaviy usullaridan hamda xorijiy tajribalardan keng foydalanilgan holda olib borildi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.
IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi
Manba: O‘zbеkiston Rеspublikаsi Ichki ishlаr vаzirligi