O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizning Prezident saylovidagi ishtiroki ta’minlanadi

2021-08-11 | Saylov

Mamlakatimizning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi xodimlari mehnat migrantlariga huquqiy yordam ko‘rsatish, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari huzurida tuzilayotgan saylov uchastkalari va unda ovoz berish tartiblarini tushuntirish maqsadida ushbu shahardagi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi «Sungwoo Hitech Rus» shirkatida vaqtincha ishlayotgan yurtdoshlarimiz va korxona  rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ayni paytda, ushbu shirkatda O‘zbekistonning 70 nafarga yaqin fuqarosi vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. Bundan tashqari, korxonaga tutash manzildagi «Donghee Rus», «Doowon», «Deawon», «Duvon Rus», «Nvx-Rus», «Piterform» va «Wihuri Rus» korxonalarida ham 300 nafarga yaqin fuqarolarimizning vaqtincha bandligi ta’minlangan.

Tadbirda fuqarolarimizga Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxona faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar joriy yil 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti saylovi uchun saylov kampaniyasining borishi, Bosh konsulxonada tashkil etiladigan saylov uchastkasi va unda ovoz berishi tartibi bilan tanishtirildi.

 Uchrashuvda vatandoshlarimiz mahalliy davlatning qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.

Shirkat rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston rahbariyati tomonidan mehnat migrantlari haq-huquqlarini ta’minlash borasida amalga izchil chora-tadbarlar to‘g‘risida batafsil axborot berildi. Shuningdek, joriy yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti saylovi o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ushbu muhim siyosiy tadbirda O‘zbekiston fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ado etishi hamda yurtdoshlarimizning Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatlaridan foydalanishi uchun qulayliklar yaratishda hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться