O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkentdagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi
2021-08-10 | Ta’lim
Toshkent shahridagi Inha universitetida Huawei AKT akademiyasi o'z faoliyatini boshladi. Akademiyaning asosiy maqsadi - oliy o'quv yurtlari o'qituvchi va talabalarini “Security”, “Datacom / Routing & Switching”, “Storage”, “Artificial Intelligence” kabi zamonaviy yo'nalishlarda o'qitish va sertifikatlashdir.
Darslar davomida talabalar va o'qituvchilar o'quv materiallarining ma'lumotlar bazasi va laboratoriya uskunalari onlayn dasturidan, shuningdek, butun dunyo bo'ylab AKT sohasida rivojlangan homiylar tarmoqlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi