O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Konkurchilarimiz Millatlar ligasining final bosqichiga yoʻl olishdi

2021-08-10 | Sport

Moskva shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Yevrosiyo ligasi Millatlar kubogining 4-bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan jamoamiz gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Musobaqada MDH davlatlarining eng kuchli 11 mamlakatidan tashrif buyurgan sara chavandozlar ishtirok etishdi. Yakunda yigitlarimiz eng yuqori koʻrsatkich qayd etib, joriy yil Ispaniyaning Barselona shahrida boʻlib oʻtadigan Millatlar ligasining final bosqichiga yoʻl oldilar. Shu tariqa, unda dunyoning eng kuchli jamoalari qatorida mamlakatimiz ham ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimizni eslab oʻtamiz: Umid Komilov, Nurjan Tuyakbayev, Begzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov, Bahromjon Gaziyev, Aʼzam Tolboyev. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu muvaffaqiyat bilan chavandozlarimizni, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti jamoasini samimiy qutlab qoladi.

Manba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

Поделиться