O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holati sinovdan o‘tkazildi

2021-08-11 | Xavfsizlik sohasi

Markaziy harbiy okrugining Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilar bilan axloqiy-ruhiy tayyorgarlik kuni munosabti bilan “Sazagan” dala-o‘quv maydonidagi axloqiy-ruhiy tayyorgarlik yo‘lagida mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Amaliy mashg‘ulotlardan oldin harbiy xizmatchilarga axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning maqsadi, yo‘lakdagi bosqichlari, baholanish tartibi hamda psixologik xurujlarning zamonaviy ko‘rinishlari, jang vaqtida yakka va jamoaviy tartibda harakatlanish borasida nazariy tushuntirishlar berib o‘tildi.
 
Shuningdek, harbiy xizmatchilar nostandart vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qilish, kuchli ruhiy sinovlarni yengib o‘tish, jamoani jipslashtirish, xavfga qarshi tura olish hamda tashabbuskorlik va mustaqil bo‘la olish kabi xislatlarni shakllantirishdi. 
 
Harbiy xizmatchilar ushbu yo‘lakda og‘ir sharoit va tog‘li (notekis) hududlardan o‘tish, dadillik va topqirlik ko‘nikmalarini hosil qilish, tabiiy va notabiiy to‘siqni yengib o‘tishda epchillik, yerosti yo‘lagidan o‘tish davomida kutilmagan vaziyatlarga shay turish, tezkorlik hamda chaqqonlikni shakllantirish, qo‘rquvni yengib o‘tish, tez qaror qabul qila olish, topqirlik kabi xususiyatlarni shakllantirishga qaratilgan 15 ga yaqin to‘siqlardan o‘tishdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться