O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida xodimlarni emlash tadbirlari o‘tkazildi

2021-08-11 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida idora rahbariyati va xodimlarini emlash tadbirlari boshlandi. Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov vaksinaning birinchi komponentini qabul qilib, aholini koronavirus infeksiyasidan himoya qilish zarurligi haqida fikr bildirdi hamda boshqa rahbar va xodimlarni O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalarning o‘zilariga ma'qul turidan foydalanib, iloji boricha tezroq emlanishga chaqirdi.

10-avgust holatiga ko‘ra, Vazirlik markaziy apparati xodimlarining 61 foizi, quyi tashkilotlar xodimlarining 70 foizi va ITSV hududiy bo‘linmalari xodimlarining 85 foizi emlandi.
 
Qolganlar ilgari emlangan yoki oxirgi 3 oy ichida COVID-19 bilan kasal bo‘lgan yoki emlanishga qarshi tibbiy ko‘rsatmalari bor xodimlarni tashkil etadi.
 
Barcha xodimlar surunkali kasalliklar va vaksinaga qarshi tegishli ko‘rsatmalari bor-yo‘qligini aniqlash uchun dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Xodimlarni emlashning ikkinchi bosqichi joriy yilning avgust oyi oxirigacha o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
 
Emlash COVID-19dan himoya qilishning eng ishonchli usuli va jamoaviy immunitetni shakllantirishning xavfsiz mexanizmidir. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini emlash bepul asosda o‘tkazilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться