O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Davlat rahbari mahalladagi sharoitlar bilan tanishdi

07.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo tumani “Shirin” mahallasida yashovchi Doniyor Yo‘ldoshev xonadonida bo‘lib, oilaning turmush sharoitlari bilan tanishdi.

Urganchda “DXM drive” xizmati yo‘lga qo‘yildi

07.10.2021JamiyatManba: O'zA

Endilikda qator xizmatlardan foydalanish uchun Urganch shahridagi Davlat xizmatlari markazi binosiga kirish va navbat olishga hojat yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor ham daromad topsin, odamlar ham

07.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga kelib, “Sirdaryo mega lyuks” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 

Sirdaryoda anorni saralash, qadoqlash hamda uni qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi

07.10.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvida bu haqda ta’kidlandi.

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

07.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi o‘tkazildi.  Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi rahbar va xodimlari, tumanning ustoz-murabbiylari shuningdek, o'quvchi-yoshlar qatnashdi.

“Save Aral-2021” Zarafshonda

07.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Kecha Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida “Save Aral-2021” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi. Quyida ushbu sport tadbiridan fotogalereyani e’tiboringizga havola qilamiz.

Xalqaro paxta kuni arafasida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi

07.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Xalqaro paxta kuni arafasida bir qator jurnalistlar Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. OAV vakillari institut paxta urug‘i banki va noyob paxta navlari bilan tanishtirildi.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

07.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Farg‘ona viloyati  Qo‘shtepa tumanida yangi  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida “GSP+” preferensiyalarini qo‘llash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

06.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) loyihasi yuzasidan muzokaralarning 9-raundida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov Yevropa komissiyasi Savdo bo‘yicha bosh direktoratining barqaror rivojlanish va iqtisodiy hamkorlik bitimlari bo‘yicha direktori E.Zinov'es bilan uchrashdi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti va “Ipoteka-bank” o‘rtasida memorandum imzolandi

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Ushbu memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, axborot texnologiyalari sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani o‘rganish va amalga oshirish, hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirishdan iboratdir.

O‘zbekistonda biotexnologiya sohasidagi xalqaro standartlar tasdiqlandi

06.10.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi PQ-4899-sonli "Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq joriy yilning mart oyida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ISO 20387:2018 “Biotexnologiya. Biologik namunalarni saqlash.

Хalq taʼlimi Vazirligida BAA elchisi bilan taʼlimdagi Hamkorlik masalalari muhokama qilindi

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchisi janob Said Matar Al Kezmi bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida ikki mamlakat oʻrtasida xalq taʼlimi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash mavzusida soʻz bordi. Vazir elchiga taʼlim sohasidagi hamkorlik xususan, “Bir million dasturchi” loyihasini Oʻzbekiston maktablarida muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi koʻmagini alohida taʼkidlab, minnatdorlik bildirdi.

Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish uchun mobil ilova orqali ruxsatnoma olish mumkin

06.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochildi

06.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
Tadbirda “Real Madrid”ning yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtirok etdi. Kecha Toshkent viloyatining Bekobod shahrida “Metallurg” futbol klubi qoshida faoliyat yuritadigan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dzyudochilarimiz Tojikiston Prezidenti kubogida 5 ta medal qo‘lga kiritishdi

06.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
Shu yil 2-5-oktabr kunlari Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi. Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Birinchi kungi bellashuvlarda  -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Dilshodbek Yo‘ldoshev oltin medalga sazovor bo‘lgandi. 

Jahon bankining Oʻzbekistondagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar boshlandi.

06.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan joriy yilning 4-oktabridan 29-oktabriga qadar Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” mavzusida treninglar boshlandi.

«Qadring baland bo‘lsin, ona tilim» xalqaro ko‘rik tanlovining britaniyalik g‘olibiga mukofot topshirildi

06.10.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Buyuk Britaniyada o‘zbek tili, madaniyati va tarixini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilish maqsadida Oksford universiteti tadqiqotchisi, tarix fanidan ma’ruzachi Tomas Velsford bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Ijro.gov.uz” yagona idoralararo elektron tizimning samarali faoliyat yuritishi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

06.10.2021JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ijro intizomi sohasidagi muammolar mavzusida online seminar o‘tkazildi.

GIIning Oʻzbekiston rivojlanishidagi oʻrni tahliliga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazildi

05.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Global innovatsion indeksning (GII) Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanishidagi oʻrni tahliliga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

O‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi

05.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Samarali muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.