O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Ijro.gov.uz” yagona idoralararo elektron tizimning samarali faoliyat yuritishi bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

2021-10-06 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ijro intizomi sohasidagi muammolar mavzusida online seminar o‘tkazildi.

Seminarda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Yuridik departamenti xodimlari Behzod Yunusov va Umidjon Iminov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining markaziy apparati hodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasining xodimlari Farid Nazarov va Artur Davletovlar ishtirok etishdi.

Asosiy ijrochi Moliya Vazirligi bo‘lib tomonlararo asosiy muommolar: Ijro etilmayotgan hujjatlar statistikasi, ijroni tashkil qilish, muddati o‘tgan topshiriqlarni nazoratdan yechish, kam ta’minlangan oilalar farzandlariga kiyim bosh uchun mablag‘lar ajratish, temir daftarga kirgan oilalar uchun kredit ajratish shuningdek muddati belgilangan biroq ijrosi bajarilmagan hujjatlarni yechish masalalari muhokama qilindi.  

Holat yuzasidan bugungi kunda aktual mavzu bo‘lgan ayrim hujjatlarni muddatini uzaytirish masalasi bo‘yicha yechim izlandi.

Seminar so‘ngida tomonlar o‘zaro fikr almashinuvi va muammolar bartaraf etilganligi uchun minnatdorchilik bildirdilar.  

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться