O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bekobodda “Real Madrid” futbol akademiyasi ochildi

2021-10-06 | Sport

Tadbirda “Real Madrid”ning yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchisi Alvaro Arbeloa ishtirok etdi. Kecha Toshkent viloyatining Bekobod shahrida “Metallurg” futbol klubi qoshida faoliyat yuritadigan “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining 1-o‘rinbosari Ravshan Ermatov, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AO boshqaruvi vakillari, o‘zbek futboli faxriylari hamda “Real” (Madrid) futbol klubidan tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar, jumladan “qirollik klubi”ning yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchisi Alvaro Arbeloa, akademiya tarbiyalanuvchilari, murabbiylar shtabi hamda bekobodlik futbol muxlislari ishtirok etishdi.

“El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining tantanali ochilish marosimiga Ispaniyadan maxsus elchi sifatida tashrif buyurgan yaqin o‘tmishdagi mashhur futbolchi, jahon chempioni, ikki karra Yevropa chempioni, UYEFA Chempionlar ligasi hamda UYEFA Superkubogi g‘olibi, klublar o‘rtasida jahon chempioni, ayni paytda “Real Madrid” akademiyasida U-14 jamoasida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat yuritayotgan Alvaro Arbeloa so‘zga chiqib, O‘zbekistonga tashrifidan unutilmas taassurotlar olganligi, “qirollik klubi” anʼanalari endilikda Bekobod shahrida – “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasida davom ettirilishidan xursand ekanligini, bu kabi akademiyalar Osiyo qitʼasida O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarda ham ochilishini juda istashini aytib o‘tdi. Shuningdek, yurtimizga keyingi mavsumda “Real Madrid” klubi tomonidan boshqa ijtimoiy tadbirlarga yana kelish istagi borligini ham bildirgan holda “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasining ish faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov mamlakat futboli taraqqiyoti yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AO boshqaruviga minnatdorlik bildirib, yaqin kelajakda mazkur akademiya tarbiyalanuvchilari orasidan mashhur futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.

Ochilish marosimidan so‘ng tadbirga kelgan mehmonlar “El Golazo Academy Powered by Real Madrid” futbol akademiyasi bilan tanishtirib chiqildi. Qisqa fursatda qurib foydalanishga topshirilgan akademiya o‘quv xonalari, konferensiya zali, tibbiyot xonalari, xorij tillari – ispan va ingliz tillaridan chuqurlashtirilgan holda taʼlim beruvchi maxsus jihozlar bilan taʼminlangan sinf xonalari, akademiya tarbiyalanuvchilarining mashg‘ulotlarini tahlil etishga moslashgan video ko‘rik zallari, 200 nafardan ziyod tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan yotoqxona va oshxonalar ko‘zdan kechirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться