O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahon bankining Oʻzbekistondagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida treninglar boshlandi.

2021-10-06 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan joriy yilning 4-oktabridan 29-oktabriga qadar Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida “Oʻzbekistonda maktabgacha taʼlim tizimida bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini joriy etish” mavzusida treninglar boshlandi.

Treninglarning maqsadi – xalqaro eng yaxshi amaliyotlarga, shuningdek, faol va interfaol taʼlim metodologiyasiga mos keladigan bolaga yoʻnaltirilgan taʼlim yondashuvini ilmiy jihatdan sogʻlom yoʻnalishlari va amalda joriy etilishi bilan tanishtirishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur treningdan koʻzlangan asosiy maqsad maktabgacha taʼlim tashkilotlarining taʼlim-tarbiya jarayoniga ushbu yondashuvni joriy etish maqsadida milliy master-trenerlar tayyorlashning birinchi bosqichini oʻtkazishdan iborat.

Treninglar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardagi  boshqarmalar metodistlari, kollej oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi mutaxassislariga moʻljallangan. Treninglarda pedagoglarga bir-biridan oʻrganish imkoniyatini beruvchi kollegial taʼlim elementi mavjud boʻlib, mazkur treninglar milliy master-trenerlarni tayyorlashda birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich murabbiylik mahoratini oʻrgatishni oʻz ichiga oladi.

Jahon bankining xalqaro konsultanti Zulfiya Veysova koʻmagida kelajakda maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari va tarbiyachilariga kaskad usuli yordamida bevosita joylarda trening oʻtkazadigan 100 nafar master-trenerlarning tayyorlanishi loyiha doirasida rejalashtirilgan.

Ushbu treninglar bolalarning yoshi va individual xususiyatlarini inobatga oluvchi bolaning shaxsiyatiga yoʻnaltirilgan turli yondashuvlarni tarbiyachilar tomonidan amaliy faoliyatda qoʻllanilanilishi boʻyicha pedagoglarning kasbiy mahoratini, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshirishga imkon beradi va bu esa bolalarni maktab hayotiga toʻsiqlarsiz oʻtishi va moslashishiga koʻmaklashadi.

Ushbu treninglar xalqaro konsultant Zulfiya Veysova tomonidan olib borilmoqda. Treninglar davomida jami 14 000 nafar maktabgacha taʼlim mutaxassislarini oʻqitish rejalashtirilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Поделиться