O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

“English for Science” tinglovchilari uchun Erasmus+ grant loyihalari bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi

15.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

“Erasmus+ xaftaligi” doirasida O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan grant loyihalarga hujjatlar topshirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazilidi.

YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

15.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumidagi ishtiroki doirasida YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori Frank Reysberman bilan onlayn muloqot

14.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologiya qo‘mitasi o‘rinbosari J. Kazbekov hamda Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bosh direktori Frank Reysberman bilan onlayn muloqoti tashkil etildi.

“Qizlar haftaligi” xushaxloq, ma’rifatli qizlar safini kengaytirishga xizmat qiladi

14.10.2021YoshlarManba: O'zA

Mamlakatimizda qizlarning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli bo‘lib unib-o‘sishi, qolaversa, ularni katta hayotga, turmushga tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Moliya vazirligida hujjatlar bilan ishlashda elektron amaliyot mustahkamlandi

14.10.2021JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot texnologiyalari markazi hamda «UNICON SOFT» MCHJ bilan hamkorlikda Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimda vazirlik va tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro kelishish imkoniyati yaratildi.

Qashqadaryo viloyatida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida seminar bo'lib o'tdi

14.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Qashqadaryo viloyati Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida "Bir million dasturchi" loyihasi doirasida  oʻquv-seminarlari tashkil etildi.

O‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi

14.10.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida viloyatdagi milliy madaniy markazlar vakillari bilan muloqot qildi.

O‘qigan, izlangan, kasb egallagan odam qadrli bo‘ladi - Prezident

13.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazini borib ko‘rdi.

Saylov jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari qay darajada?

13.10.2021SaylovManba: O'zA

Markaziy saylov komissiyasining bugungi yig‘ilishida saylov jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ma’lumot berdi.

Sport sohasidagi ustoz va murabbiylar doim e’zozda

13.10.2021SportManba: Toshkent shahar hokimligi

Har bir sohada shogirdlar uchun ustoz va murabbiylar doim e’zozda va hurmatda bo‘lib kelgan. Ular bergan bilim hamda ko‘nikmalar izdoshlari uchun umri davomida muhim dastur bo‘lib xizmat qiladi.

“Zakovat” o‘yinlari yoshlar o‘rtasida ommaviy ma’rifiy harakatga aylantiriladi

13.10.2021YoshlarManba: O'zA

Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Bukhara Desert Oasis” nomli turizm maskanida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev mahalla rivojini ko‘zdan kechirdi

13.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xo‘jalar mahallasida aholining yashash tarzi bilan tanishdi.

Pochta va kuryerlik aloqa xizmatlarida qanday o‘zgarishlar kutilyapti

13.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro matematika maktabini borib ko‘rdi

13.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorako‘l tumanidagi Xalqaro matematika maktabi faoliyati bilan tanishdi.

"Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot" turkumidagi seminarlarga start berildi

12.10.2021SaylovManba: Markaziy saylov komissiyasi
Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikdagi “O‘zbekistonda 2019-2021-yillarda saylov jarayonini qo‘llab-quvvatlash” qo‘shma loyihasi doirasida “Saylov va gender: siyosat sohasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro va milliy amaliyot” turkumidagi seminarlarga start berildi.

“KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasi ixtirochi ayollarga qanot bo‘lmoqda

12.10.2021JamiyatManba: O'zA

Shu yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasida 30dan ziyod davlat qatorida O‘zbekiston vakilalari ham ishtirok etdi. “O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi” tomonidan 11 nafar olima ayolning ixtirolari mazkur xalqaro ko‘rgazmaga taqdim etilgan edi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan yurtimiz xotin-qizlari qator sovrinli natijalarni qo‘lga kiritgan edi.

Energetika Vaziri O‘zbekistondagi birinchi avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

12.10.2021JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Energetika vaziri Alisher Sultanov Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanida O‘zbekistonda birinchi hisoblanadigan “Bektemir” avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasida (AGTS) olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari Vengriya universiteti rektorini qabul qildi

12.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Prezident klaster mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi

12.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Merganteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatini borib ko‘rdi.

Kuba terma jamoasi yurtimizda, ular JCHga O‘zbekistonda tayyorlanishadi

12.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi
Avval xabar berganimizdek, 25-oktyabr  6-noyabr kunlari Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi. Hozirda terma jamoamiz aʼzolari Toshkent viloyati Yangiobod bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda.