O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Ekologiya sohasida xalqaro hamkorlik kengaymokda

21.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining Gland (Shveytsariya) shahrida joylashgan Bosh qarorgohiga tashrif buyurdi. Ularni Ittifoqning rivojlanish guruhi global direktori Enrike Lamann kutib oldi.

«Save Aral – 2021» marafonining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

21.10.2021SportManba: O'zA

Angren shahrida O‘zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz yengil atletika federsiyasi tomonidan «Save Aral – 2021» marafonining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Vazir INNO texnoparkining bo‘lajak rezidentlari bilan uchrashdi

21.10.2021YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov kuni kecha ochilishi bo‘lib o‘tgan Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida faoliyat yuritishi kutilayotgan talablar, yosh olimlar va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

20-oktabrdan bola parvarishiga doir muhim tavsiyalar taqdim etiladi

21.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Bola kasal boʻlmasligi uchun nimalar qilish kerak? Olti oylik goʻdakka qanday qoʻshimcha ovqatlar bersa boʻladi? Bolaning tishlari chiqayotganda nimalarga eʼtibor qaratish zarur? Jajji oʻgʻil-qizlarning qomati toʻgʻri shakllanishi qanday omillarga bogʻliq? Ularga harf tanitishni qachondan boshlagan maʼqul? Farzandlarimizning immunitetini qanday mustahkamlash mumkin.

MDX ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

21.10.2021SaylovManba: Markaziy saylov komissiyasi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi— Ijrochi kotibi Sergey Lebedev mamlakatimizda 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish maqsadida O‘zbekistonga keldi. U MDH Ijroiya qo‘mitasi kuzatuvchilari missiyasiga rahbarlik qilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Agrobank” ATB oʻrtasida memorandum imzolandi

21.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Oʻsimliklarni himoya qilish sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida sohaga oid mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlash hamda yangi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish boʻyicha 2021-yil 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur tadbir munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani ham oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi to‘g‘risida AXBOROT

21.10.2021SiyosatManba: O'zA

2021-yil 20-oktabr kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

21.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Qadrli vatandoshlar! Avvalo, siz, azizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni ulug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Albatta, keyingi yillarda mamlakatimizda yangicha ruhda keng nishonlanayotgan bu bayramning alohida fayzi va shukuhi borligini barchamiz yaxshi bilamiz. 

Qo‘qonda yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

20.10.2021JamiyatManba: O'zA

Qo‘qon davlat pedagogika institutida «Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber» shiori ostida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda institut professor-o‘qituvchilari, siyosiy partiyalarning vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekistonda madaniy meros obyektlari raqamli platformasi yaratilmoqda

20.10.2021TurizmManba: O'zA

Buxoroning tarixiy markazida joylashgan Ismoil Somoniy maqbarasining 3D-maketini yaratish bo‘yicha tajriba loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Abdulaziz Aqqulov hamda Janubiy Koreyaning “New Layer So. Ltd, LX Korea Land and Geospatial Informatix Corporation” vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda Xotin-qizlar maslahat guruhlari tashkil etilmoqda

20.10.2021JamiyatManba: O'zA

Xotin-qizlar maslahat guruhlari (XMG) – xalqaro miqyosda mavjud bo‘lib, asosan xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga maslahatlar berish, amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida faoliyat yuritadi.

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sambochilarimizga pul mukofotlari topshirildi

20.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan sambochilarimizga pul mukofotlari topshirildi

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti “AR403» rusumli laboratoriya uskunasidan tadqiqotlarda foydalanilayotganini maʼlum qildi

20.10.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi brifingida monitoring natijalariga ko‘ra Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga yetkazib berilgan “AR403» rusumli universal yuritkichli ko‘p maqsadli ilmiy laboratoriya asbob-uskunasi ishlatilmayotgani aniqlangani maʼlum etilgandi. Institutning ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha direktor muovini, professor Abdushukur Sarimsoqov Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganish davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirda mazkur qurilmada tadqiqotlar olib borilayotgani bo‘yicha maʼlumot berdi.

Toshkent shahar IT-Park filialida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi

20.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ va Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda imzolangan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlar orasidagi targ‘ibot ishlari yuzasidan 62 ta umumta’lim maktablari axborot texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Toshkent shahrida yangi yo‘l va yo‘l o‘tkazgichlar ochildi

20.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Toshkent shahrining Yakkasaroy va Sergeli tumanlarida qurilgan yangi yo‘lni ko‘zdan kechirdi.

Prezident Innovatsion texnoparkni borib ko‘rdi

20.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkini borib ko‘rdi.

Mamlakatimizda xotin-qiz saylovchilar soni qariyb 11 millionni tashkil etmoqda

18.10.2021SaylovManba: O'zA

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Xalqaro media-xollda «Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Madaniyat saroyi zamonaviy sharoitda faoliyat boshladi

18.10.2021MadaniyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi.

Iftixor mahallasi Chirchiqning iftixoriga aylandi

18.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 18-mart kuni Chirchiq shahrida bo‘lganida Iftixor mahallasidagi ahvolni ko‘rgan, odamlardan hududdagi muammolarni so‘rab, ularni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilagan edi.

Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining «yashil» harakatlar bo‘yicha Maxsus ishchi guruhining yig‘ilishi yakunlari

15.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekov boshchiligidagi delegatsiya Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) Yashil harakatlar bo‘yicha maxsus ishchi guruhining onlayn formatida o‘tkazilgan yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.