O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Dzyudochilarimiz Tojikiston Prezidenti kubogida 5 ta medal qo‘lga kiritishdi

2021-10-06 | Sport

Shu yil 2-5-oktabr kunlari Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha Tojikiston Prezidenti kubogi uchun musobaqa o‘tkazildi. Ushbu xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. Birinchi kungi bellashuvlarda  -66 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Dilshodbek Yo‘ldoshev oltin medalga sazovor bo‘lgandi. 

Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtlarimizdan yana 4 nafari shohsupaga ko‘tarilishdi. Jumladan, -90 kg vazn toifasida iste’dodli dzyudochimiz Shermuhammad Jandreyev finalda tojik dzyudosi afsonasi Kamronshoh Ustapiriyonga yutqazib qo‘ygan holda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu vazn toifasidagi yana bir vakilimiz Doston Meyliyev esa bronza medali bilan kifoyalandi.

+90 kg vaznda kurashgan hamyurtlarimiz Bekmurod Oltiboyev va Shohruhxon Baxtiyorov esa terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etishdi.

Shu tariqa, Kamol Muradov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Tojikiston Prezidenti kubogida bittadan oltin va kumush hamda 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться