O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro paxta kuni arafasida jurnalistlar uchun press-tur tashkil etildi

2021-10-07 | Jamiyat

Xalqaro paxta kuni arafasida bir qator jurnalistlar Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdilar. OAV vakillari institut paxta urug‘i banki va noyob paxta navlari bilan tanishtirildi.

2019-yilning 7-oktabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan hamkorlikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD), xalqaro savdo markazi (ITC) va xalqaro paxta bo‘yicha maslahat qo‘mitasi (ICAC) birinchi marta jahon paxta kunini eʼlon qildi.

Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining taklifiga binoan Jahon Savdo Tashkiloti har yili 7-oktabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida nishonlash qarorini qabul qilgan. Shu kunda barcha paxta yetishtiruvchi davlatlarda o‘tkaziladigan tadbirlar paxtachilikni, paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sohada o‘tkaziladigan tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, sohada xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni belgilashga qaratilgan.

Hozirgi kunda O‘zbekiston g‘o‘za ekin maydoni bo‘yicha (1,0-1,1 mln. gektar) dunyo mamlakatlari orasida oltinchi o‘rinni, paxta tolasini yetishtirish bo‘yicha bo‘yicha (0,8-0,9 mln. tonna) beshinchi-oltinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda paxtachilik sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda: 122 ta paxtachilik-to‘qimachilik klasterlarida, paxtachilik ilmiy markazlari va institutlarida paxtaning yangi serhosil, ertapishar, qurg‘oqchilik va sho‘ralagan tuproq sharoitlariga chidamli navlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda, mashinasozlik korxonalarida paxtaga ishlov beradigan yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan texnikalar, uskuna va jihozlar ishlab chiqarilmoqda.

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan paxtachilik sohasidagi umumiy qiymati 6,5 mlrd so‘mlik 11 ta innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ham qator loyihalar ilmiy-texnik kengashlar tomonidan o‘rganilmoqda. Iqlimning global darajada o‘zgarishi yer haroratining yildan yilga ko‘tarilib borishiga sabab bo‘lmoqda, natijada qurg‘oqchilik va suv zaxiralarini kamayishi kuzatilmoqda.

O‘z navbatida qurg‘oqchilik butun dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jalik ekinlarining hosilini keskin darajada yo‘qotilishiga ham olib kelmoqda. O‘zbekiston suv zaxiralari cheklangan region bo‘lib qurg‘oqchilik eng dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarining suv tanqisligiga chidamli yangi navlarini yaratish olimlar oldida turgan muhim vazifalardandir.

Press-tur doirasida OAV vakillari institut tajriba uchastkasida paxta terimida ishtirok etdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться