O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Urganchda “DXM drive” xizmati yo‘lga qo‘yildi

2021-10-07 | Jamiyat

Endilikda qator xizmatlardan foydalanish uchun Urganch shahridagi Davlat xizmatlari markazi binosiga kirish va navbat olishga hojat yo‘q.

“DXM drive” xizmatidan foydalanib, avtotransport vositasidan tushmagan holda ishingizni bitirishingiz mumkin. “DXM drive” xizmati fuqarolarga:

• bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga elektron navbatga qo‘yish;

• pensiya haqida ma’lumotnoma olish;

• nafaqa tayinlash;

• elektr, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash va boshqa xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni to‘ldirishga va tayyor hujjatlarni binoga kirmasdan, shuningdek, avtotransport vositasidan chiqmasdan olish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu xizmat Urganch shahar DXM binosi yonidagi avtoturargoh (parking) hududida sinov tariqasida joriy etilgan bo‘lib, haftaning dushanba va seshanba kunlari xizmat ko‘rsatmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться