O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida yangi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

2021-10-07 | Jamiyat

Axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari va robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersportni yoshlar o‘rtasida yanada ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida Farg‘ona viloyati  Qo‘shtepa tumanida yangi  Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi  ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Qo‘shtepa tumani hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi,  IT-Park Farg‘ona filiali hamda Vazirlik tizimidagi soha korxonalar va tashkilot rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

O‘quv markazida Qo‘shtepa tumanining 2 mingga yaqin yoshlariga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kibersport o‘yinlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda bu sohada mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться