O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

UZINSURANCE: 9 oylik natijalar, sug‘urta bozori holati va o‘zgarishlar

05.10.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Xalqaro tajribadan yaxshi bilasizki, sug‘urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biri hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida ushbu sohaning ulushi 10-15 va hattoki 20 foizni tashkil etadi.

2025 yilga borib umumiy quvvati 7 331 MVt bo‘lgan 18 ta issiqlik, quyosh va shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

05.10.2021IqtisodiyotManba: O'zA

Energetika vazirligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, vazirlik tashkil etilishidan so‘ng bir qator investitsiya bitimlar imzolangan. Xususan, 2 yarim yil ichida elektr energetika sohasida umumiy quvvati 7 331 megavattga teng bo‘lgan 18 ta investitsiya bitimlari imzolanishi bunga yaqqol misoldir.

“Mening holatimni tekshirish” oynasida yana bir qulaylik yaratildi

05.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan my.soliq.uz portalida “Mening holatimni tekshirish” oynasi yaratilgan edi.

Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish takomillashtirilmoqda

05.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, Arxiv ishi va ish yuritish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

Fransiyaning yetakchi universitetlari bilan aloqalar rivojlantirilmoqda

05.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Fransiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchisining Madaniyat va taʼlim bo‘yicha maslahatchisi Loran Oriol "Ipak yo‘li" xalqaro turizm universitetiga tashrif buyurdi.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayoni davom etmoqda

05.10.2021JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida MHXS hujjatlari Moliya vazirligining veb saytida e'lon qilib borilmoqda. 

Abdulla Qodiriy nomidagi memorial muzeyda adib xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarga start berildi

04.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Bugun, 4 oktyabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi memorial muzeyda “Abdulla Qodiriy – O‘zbek adabiyoti xazinasidan” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi.

Toshkent xalqaro kinofestivali ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat yo‘lladi

04.10.2021MadaniyatManba: O'zA

Joriy yilning 28-sentabr 3-oktyabr kunlari "Ipak yo‘li durdonasi" XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

Jizzax viloyati maktablarida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

04.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Jizzax viloyati Zarbdor tumani chekka hududlarida joylashgan maktab o’quvchilariga   IT-markaz xodimlari tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida tushunchalar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida IT o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

04.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani ITmarkazining ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi, Xo'jayli tumani hokimligi rahbar va xodimlari, tumanning ustoz-murabbiylari shuningdek, o'quvchi-yoshlari qatnashishdi.

OTB – O‘zbekiston: uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida

04.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vise-prezidenti Shiksin Chen o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Vazir IT-texnikum qurilishi bilan tanishdi

30.09.2021JamiyatManba: O'zA

Hozirgi kunda yurtimizning barcha viloyatlarida IT-texnikumlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya» tanlovining yarimfinal bosqichi boʻlib oʻtmoqda

30.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, IT-park va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyihasi ofisi tomonidan tashkillashtirilgan Respublika boʻylab “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” tanlovining yarimfinal bosqichi boʻlib oʻtdi. “Oʻzbekiston uchun 100 gʻoya” respublika tanlovi asta-sekinlik bilan finalga yaqinlashib bormoqda.

Jizzax viloyatida o‘qituvchilar “Bir million dasturchi” loyihasi bo‘yicha taqdirlandilar

30.09.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Joriy yilning  30-sentabr kuni Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda IT-Park Jizzax filiali hamkorligida tadbir tashkil qilindi.

Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan seminar oʻtkazildi

30.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirishning ustuvor vazifalari” mavzusida seminar oʻtkazildi. Seminarda Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova, Innovatsion rivojlanish vazirining Yuqori martabali xalqaro maslahatchisi Karsten Xayns ishtirok etdilar.

N-1 shakldagi dalolatnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (“YAMMT” IDAK) kiritilishini ta’minlovchi elektron baza yaratildi

30.09.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalligi bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan rasmiylashtirilgan N-1 shakldagi dalolatnomalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (“YAMMT” IDAK) kiritilishini ta’minlovchi elektron baza yaratildi.

Evropa investitsion banki delegatsiyasi bilan uchrashuv

30.09.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologiya qo‘mitasida Yevropa investitsion banki Yevropa Ittifoqining qo‘shni Sharqiy va Markaziy Osiyodagi kredit operatsiyalari bo‘limi boshlig‘i Rafal Ribaki boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bolalar tashkiloti vakillari Belarus Respublikasida tajriba almashdi

30.09.2021YoshlarManba: O'zA

Mamlakatimizdagi 20 yillik tajribaga ega, bolalar bilan ishlashda yetakchi tashkilot – "Kamalak" bolalar tashkiloti o‘z faoliyati va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar bilan ishlashda erishgan ijobiy natijalarini xorij hamjamiyatiga taqdim etish, shuningdek, xalqaro forumda ishtirok etish maqsadida Belarus Respublikasida xizmat safarida bo‘lishdi.

Mamlakatimizda MDХ saylovlarni kuzatish missiyasi o‘z faoliyatini boshladi

30.09.2021SaylovManba: Markaziy saylov komissiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Leonid Anfimov boshchiligida MDH saylovlarni kuzatish missiyasining uzoq muddatli kuzatuvchilari mamlakatimizga tashrif buyurdi.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

30.09.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Milliy matbuot markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zkomnazorat davlat inspeksiyasi hamda “Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi” DUK tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar”  mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.