O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida “GSP+” preferensiyalarini qo‘llash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

2021-10-06 | Iqtisodiyot

Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim (KShHB) loyihasi yuzasidan muzokaralarning 9-raundida O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki doirasida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov Yevropa komissiyasi Savdo bo‘yicha bosh direktoratining barqaror rivojlanish va iqtisodiy hamkorlik bitimlari bo‘yicha direktori E.Zinov'es bilan uchrashdi.

O‘zbekistonda YeIning “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi imtiyozlarini qo‘llash va ushbu mexanizm doirasida Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston uning Yevropa mamlakatlari bilan tashqi savdosini diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishiga mustahkam zamin yaratayotgan “GSP+” tizimi doirasida YeI davlatlari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat berayotgani takidlandi. Muzokaralar yakunida tomonlar Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimi imtiyozlaridan samarali foydalanishda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться