O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi

2021-10-05 | Siyosat

Samarali muzokaralardan so‘ng, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tashrifi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazildi.

Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, davlat va jamoat arboblari qatnashdi. Tadbirda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan turkman millatiga mansub yurtdoshlarimiz  - mehnat faxriylari, fan va madaniyat namoyandalari, ijodkorlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalari vakillari ham ishtirok etdi.

Ular O‘zbekistonni rivojlantirish, birodar xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga munosib hissasini qo‘shib kelmoqda, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Davlat rahbarlari ular bilan birgalikda suratga tushib, samimiy suhbatlashdi. Milliy kuy-qo‘shiqlarda o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stligi tarannum etildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться