O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Qashqadaryo viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi

01.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

IT-Park Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bepul IT kurslar tashkil etildi.

Yangi mobil ilova yaratildi

01.11.2021JamiyatManba: O'zA

Xorazm Ma’mun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi Rajapov Mardonbek tarix fanidan amaldagi maktab darsliklari asosida o‘quvchilarning bilimini aniqlash, ularni tizimlashtirish va oshirishga qaratilgan yangi mobil ilova yaratdi.

Buxoro viloyatida “Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasi o‘tkazildi

01.11.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Buxoro viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommugikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va IT-Park Buxoro filiali hamkorligida “Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Oʻzbekiston-Belarus ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

01.11.2021Innovatsiya

Oʻzbekiston-Belarus ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Oʻzbekiston tomondan innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Belarus tomonidan Belarus Respublikasi Ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komiteti raisi Aleksandr Shumilin raislik qildilar.

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

01.11.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Viloyat yoshlarini axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va tayyorlash, IT ta’limni rivojlantirish, shuningdek, tumandagi soha xodimlarini AKT bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish maqsadida Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi  bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston tarixda ilk bor jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

01.11.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonligida davom etayotgan Harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yangi shaharcha yoshlar tadbiriga mezbonlik qildi

29.10.2021YoshlarManba: O'zA

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi yangi massivda «Sardorlar forumi» o‘tkazildi. Bag‘dod tumani Guliston mahallasida barpo etilgan yangi shaharcha farg‘onalik yoshlarning anjumaniga mezbonlik qildi.

O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi doirasida xususiy sektor, akademik va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi

29.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

“International Hotel Tashkent” mehmonxonasida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov boshchiligida O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar guruhi ishbilarmon hamda akademik doiralar bilan O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lishiga bag‘ishlangan ikkita davra suhbatida ishtirok etdi.

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari belgilab olindi

29.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Kengashi raisi M.Myasnikovich bilan uchrashdi.

Chirchiq shahridagi Raqamli texnologiyalar o'quv markazida tibbiyot xodimlari IT sohasida o'qitildi

28.10.2021Ta’limManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi Raqamli texnologiyalar o‘quv markazida tibbiyot xodimlarining IT sohasida malakasini oshirish yo‘lga qo‘yildi.

O‘FA mutasaddilari, hakamlar va OAV vakillari ishtirokida Superligadagi hakamlik muhokama qilindi

28.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiasida Superliga hakamlari va jurnalistlar ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, tashkilot mutasaddilar, PFL va Hakamlar qo‘mitasi vakillari hamda yurtimizdagi barcha OAV vakillari ishtirok etishdi.

Hokim va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining reyting natijalari endilikda ochiq

28.10.2021SiyosatManba: O'zA
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yana bir imkoniyatni taqdim qiladi. Endilikda siz nafaqat hududingizdagi rahbarlar ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz, balki ular faoliyatini baholashingiz ham mumkin.

Klasterlar rivoji uchun imkoniyatlar kengaytiriladi

28.10.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-oktabr kuni qishloq xo‘jaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Samarqand viloyati Narpay tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

27.10.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugungi kunga qadar, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Samarqand viloyatining 14 ta shahar va tumanlarida Raqamli texnologiyalar o'quv markazlari tashkil etilgan edi.

Xotin-qizlari ilm-ma’rifatli yurtning kelajagi ham buyukdir

27.10.2021JamiyatManba: O'zA

Qaror va ijro. Ayollari e’zozlangan mamlakatda fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik hukmron bo‘ladi, deyishadi. Darhaqiqat, xotin-qizlarga har jihatdan hurmat-e’tibor ko‘rsatish, ularni qo‘llab-quvvatlash davlatning insonparvarlik siyosatidan dalolat, jamiyatda mehr-oqibatlilik muhiti ustuvorligidan darak.  

Milliy musiqa bilimdonlarining ijodiy tanlovlari

27.10.2021MadaniyatManba: O'zA

Maqom – mo‘’jizakor va betakror san’at.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayoni davom etmoqda

27.10.2021JamiyatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida MHXS hujjatlari Moliya vazirligining veb saytida e'lon qilib borilmoqda. 

Yurtimizda ot sporti turlarini rivojlantirish bo‘yicha uch tomonlama memorandum imzolandi

27.10.2021SportManba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy besh kurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida ot sportini yana-da takomillashtirishda o‘quv-mashg‘ulotlarini, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shveytsariyaning Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv

26.10.2021EkologiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J. Kazbekovning Rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Shveytsariya agentligining Markaziy Osiyoda suv masalalari bo‘yicha maxsus  vakil Gi Bonvin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Agentlikda Ispaniyaning “Diario Arbat” internet nashri direktori bilan uchrashuv oʻtkazildi

26.10.2021Jamiyat

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Ispaniyaning “Diario Arbat” internet nashri direktori, Oʻzbek-ispan munosabatlarini rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidenti Fernando Moragon bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda axborot sohasidagi oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.