O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Vazir oʻrinbosari Vengriya universiteti rektorini qabul qildi
2021-10-12 | Ta’lim
Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdiqulova Vengriyaning Obuda universiteti rektori Levente Kovach bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida tomonlar ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Vengriyaning “ilmiy park”lar tashkil etish tajribasi hamda ilm-fan, taʼlim va sanoatning integratsiyalashuv tizimi oʻzbek tomonida katta qiziqish uygʻotdi. Shu bilan birga, L.Kovach Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillarini Universitetga taklif qilib, oʻzaro fikr-mulohaza va tajriba almashish borasida muhokama va tadbirlar oʻtkazishni taklif qildi.
Obuda universiteti Vengriyaning eng yirik universitetlaridan biri boʻlib, undan 13000 nafarga yaqin talaba tahsil oladi. Universitetni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar xalqaro darajada tan olinadigan diplomlar oladilar. Universitet oʻqituvchilarining 40 foizdan koʻpi ilmiy unvonga ega malakali pedagoglardir.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi