O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-10-15 | Ta’lim
O‘zbekiston delegatsiyasining Yevroosiyo ayollar forumidagi ishtiroki doirasida YEXHT PА vitse-prezidenti, Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Pia Kauma bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Parlament nazoratini amalga oshirishda davlat va hamkorlik istiqbollari, YEXHT PА doirasidagi aloqalarni kengaytirish, shuningdek, Parlament Аssambleyasi bilan Qonunchilik jarayonini takomillashtirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish yuzasidan fikr almashildi.
P.Kauma O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik oʼzgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va YEXHT PА o‘rtasidagi jadal rivojlanayotgan munosabatlarni yuksak baholadi va qo‘llab-quvvatladi.
Taʼkidlandiki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston rahbariyatining xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ochiq va muvozanatli siyosati tufayli ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqqa erishildi.
P.Kauma saylovni kuzatish missiyalarini tashkil etishda YEXHT PА va Oliy Majlis o‘rtasida yaqin muvofiqlashtirishning muhimligini taʼkidladi. Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarni amalga oshirishda O‘zbekistonga har tomonlama yordam berishga, shuningdek, YEXHT PА majlisida Respublika parlamenti faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. EXHT PА vitse-prezidenti “Mehr” gumanitar operatsiyalari natijalarini, yaqin Sharqdagi urush zonasidan 400 dan ortiq ayol va bolalarni qaytarilishini yuqori baholadi.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar tizimli muloqot va faol aloqalarni, jumladan, YEXHT PА doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi