O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Kuba terma jamoasi yurtimizda, ular JCHga O‘zbekistonda tayyorlanishadi
2021-10-12 | Sport
Murabbiylar shtabi har bir vazn toifasida uch nafar bokschini sinovdan o‘tkazmoqda. So‘nggi bosqich mashg‘ulotlari yakuniga ko‘ra murabbiylar JCHda ishtirok etadigan 13 nafar bokschini aniqlb olishadi va ular nomi OAV orqali eʼlon qilinadi.
Darvoqe, bugun erta tongda jahon boksining yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan Kuba terma jamoasi to‘liq tarkib bilan yurtimizga yetib keldi.
Bundan ikki yil oldin O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov Kuba boks federatsiyasi prezidenti Alberto Puig bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar o‘tkazgan. Kelishuvga ko‘ra, 2019-yilning noyabr oyida O‘zbekiston terma jamoasi Kubada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari olib borgandi. Mazkur kelishuvning mantiqiy davomi sifatida Kuba terma jamoasi O‘zbekistonda yurtimiz charm qo‘lqop ustalari bilan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishadi.
Ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining Yangiobod o‘quv bazasida yig‘in olib bormoqda. Bugun kubaliklar ham yig‘inga qo‘shiladi va har ikki mamlakat bokschilari oldinda turgan jahon chempionatiga birgalikda tayyorgarlik olib borishadi. Qayd etish lozim, kubaliklar Toshkentga uch nafar Olimpiada chempioni bilan yetib kelishdi.
Qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 22-oktyabrga qadar davom etadi va o‘sha kuni har ikki terma jamoa Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Belgrad shahriga jo‘nab ketadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi