O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saylov jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlari qay darajada?

2021-10-13 | Saylov

Markaziy saylov komissiyasining bugungi yig‘ilishida saylov jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBAT) va Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini (SYAER) takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. SJBAT va SYAERni takomillashtirishni ko‘zda tutuvchi texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda 2021 yil mart oyida ekspertizadan o‘tkazilgan.  

 Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi Davlat personallashtirish markazining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan va “O‘zbektelekom” AK ma’lumotlarni qayta ishlash markazidan alohida asosiy va zaxira serverlari ajratilgan. Saylash huquqiga ega bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar onlayn tarzda (21,3 millionga yaqin saylovchi ma’lumotlari) axborot tizimiga yuklangan.  

SJBATga ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha viloyat shtablariga, Okrug saylov komissiyalari va barcha saylov uchastkalariga SJBATga kirish imkoniyati (login-parol) yaratib berilgan va o‘rnatilgan tartibda joylarga yetkazilgan.  

 Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini dolzarblashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi (sudlanganlar to‘g‘risida), Sog‘liqni saqlash vazirligi (muomalaga layoqatsizlar to‘g‘risida), Davlat xizmatlari agentligi (vafot etganlar to‘g‘risida) hamda Mudofaa vazirligi (harbiy xizmatchilar to‘g‘risida) Davlat personallashtirish markaziga real vaqtda taqdim etuvchi xizmat ishga tushirilgan.  

 Shuningdek, Bojxona qo‘mitasi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan fuqarolar hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan va harbiy qismlardagi fuqarolar to‘g‘risida elektron ro‘yxatni shakllantirish, har bir fuqaroga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini biriktirish orqali saylovchilarning ro‘yxatiga aniqlik kiritilgan.  

Uchastka saylov komissiyalari a’zolarini raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalariga o‘rgatish jarayonini tashkil qilish maqsadida 30 nafar respublika treneri tayyorlangan. Ular tomonidan hududiy miqyosidagi 797 nafar trener shakllantirilgan va 3-bosqichda jami 32 ming 856 nafar saylov komissiyasi a’zolari o‘qitilgan.  

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi foydalanuvchilariga ko‘mak berish, savollariga tezkor javob qaytarish va yuzaga kelgan kamchiliklarni tezkor aniqlash bo‘yicha “UNICON.UZ” DUK tomonidan “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. “Call-markaz”ga doimiy faoliyat yurituvchi 10 nafar malakali mutaxassis biriktirilgan(1200 qisqa raqami va 55-500-22-44).  

Prezidentlik saylovi portali (saylov2021.uz) hamda Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytining yangi talqini (saylov.uz) ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan. Ma’lumot uchun qayd etish joiz, bir oy davomida 350 mingga yaqin fuqaro Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytidagi o‘z saylov uchastkasini aniqlash xizmatidan foydalangan.  

Kadastr agentligi bilan hamkorlikda okrug va saylov uchastkalari haqida batafsil ma’lumot olish imkonini beruvchi hamda qo‘shimcha xizmatlarni ko‘zda tutadigan interaktiv xarita (geoportal) ishlab chiqilib, hozir saylov portalida (https://saylov.uz/uz/map) sinov tarzida ishga tushirilgan.  

Saylov uchastkalarini telekommunikatsiya xizmatlari (internet, telefon aloqasi) bilan ta’minlash bo‘yicha to‘liq xatlov o‘tkazilgan va barcha saylov uchastkalari yuqori tezlikdagi internet (kamida 4 Mbit/sek) va aloqa xizmati bilan ta’minlangan. Saylov uchastkalarining 10 ming 428 tasi (96,9 foiz) optik tolali, 84 tasi mobil, 247 tasi radiomost va 6 tasi sun’iy yo‘ldosh orqali yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlangan.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, saylov jarayonlarining shaffof va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan dislokatsiya asosida 414 tavideokuzatuv kamerasi o‘rnatiladigan 207 ta saylov uchastkalariga optik tolali aloqa liniyalari (100 Mbit/sek) tashkil etilgan va kuzatuv kameralarini to‘liq o‘rnatish ishlari yakunlangan. Mazkur videokuzatuv kameralarini Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazi hamda televideniyeda onlayn namoyish qilish yuzasidan texnik ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda videokuzatuv kameralarida test rejimda ko‘rish imkoniyati yaratilgan (https://saylov2.uzcloud.uz).  

Okrug va saylov uchastkalarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash (Internet va aloqa xizmati), ularning doimiy ishlab turishini ta’minlash hamda savollarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha alohida “Call-markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.  

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Kadastr agentligi mas’ul rahbarlari boshchiligida ishchi guruh tuzilib, joylarda ishlarning tashkil etilganligi, rejalashtirilgan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishini doimiy o‘rganish amalga oshirib borilgan hamda joylarda aniqlangan xato va kamchiliklar mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda bartaraf etilgan.  

Manba: O'zA

Поделиться