O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika Vaziri O‘zbekistondagi birinchi avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

2021-10-12 | Jamiyat

Energetika vaziri Alisher Sultanov Toshkent viloyatining O‘rta-Chirchiq tumanida O‘zbekistonda birinchi hisoblanadigan “Bektemir” avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash stansiyasida (AGTS) olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

Ushbu barpo etilayotgan avtomatlashtirilgan stansiya Toshkent shahri va viloyatidagi iste'molchilarga xizmat ko‘rsatib, uning raqamlashtirilishi natijasida har bir GTS onlayn nazorat qilinadi va inson omilisiz masofadan boshqarilishiga erishiladi.
 
Shu bilan birga, mazkur loyiha asosida tabiiy gaz bilan ta'minlanuvchi Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi 9 ta, Toshkent viloyatining 8 mahallalaridagi aholi iste'molchilari ikki bosqichli gaz ta'minoti tizimiga o‘tkazilmoqda. Buning natijasida, shu paytgacha tabiiy gaz bosimi bo‘yicha kuzatilgan mummolar to‘liq bartaraf etiladi.
 
Ma'lumot uchun: Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida, 14 ta yuqori bosimli gaz taqsimlash punkti yangilandi, 139 ta o‘rta bosimli GTS olib tashlandi. 9 400 ta xonadon me'yoriy gaz bosimiga ega bo‘ldi. Yillik 701 ming kub metr tabiiy gaz yo‘qotilishining oldi olindi. Toshkent shahrida yillik 16 mln kub metr tabiiy gazning aniq o‘lchovi olib boriladi.
 
A.Sultanov ushbu ishlar bilan tanishish uchun O‘rta-Chirchiq tumani, “Birlik” mahallasidagi aholi xonadanlariga tashrif buyurib, iste'molchilarning tabiiy gaz bilan ta'minlanish holatini o‘rgandi. Olib borilgan ishlar natijalari xususida yaratilgan qulayliklar haqida aholi vakillari bilan muloqot qildi.
 
Shuningdek, vazir mazkur hududdagi issiqxonalarning energiya resurslari bilan ta'minlanish holati bilan tanishdi. Unda issiqxonaning muqobil yoqilgisi zaxirasi, isitish qozonlari standart talablariga javob berish holatlari ko‘zdan kechirilib, mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Havo haroratining keskin pasaygan kunlarida ijtimoiy soha ob'ektlari va aholi xonadonlarini bir maromda uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlash uchun issiqxonalarning vaqtincha muqobil yoqilg‘iga o‘tishi lozimligi alohida ta'kidlandi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться