O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sport sohasidagi ustoz va murabbiylar doim e’zozda

2021-10-13 | Sport

Har bir sohada shogirdlar uchun ustoz va murabbiylar doim e’zozda va hurmatda bo‘lib kelgan. Ular bergan bilim hamda ko‘nikmalar izdoshlari uchun umri davomida muhim dastur bo‘lib xizmat qiladi.

Ana shunday ulug‘ insonlarga hurmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan Poytaxtimizda joylashgan “Registon” to‘yxonasida sport sohasida faoliyat yuritayotgan bir guruh murabbiylar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimovlar ishtirok etib, sport sohasidagi ustoz va murabbiylarni samimiy tabriklashdi.

Tadbirda poytaxtimizdagi sport maktablari va muassasalari rahbarlari hamda sport sohasida faoliyat yuritayotgan ko‘plab ustoz va murabbiylar qatnashdi.

Marosimda o‘zining ko‘p yillik xizmatlari bilan Toshkent shahrining sport sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan va mazkur sohada sidqidildan mehnat qilayotgan bir guruh murabbiylarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shundan so‘ng, bayramga yig‘ilganlarga konsert dasturi namoyish etildi.

Manba: Toshkent shahar hokimligi

Поделиться