O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Qizlar haftaligi” xushaxloq, ma’rifatli qizlar safini kengaytirishga xizmat qiladi

2021-10-14 | Yoshlar

Mamlakatimizda qizlarning puxta bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tarbiyali, yuksak ma’naviyatli bo‘lib unib-o‘sishi, qolaversa, ularni katta hayotga, turmushga tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Keyingi 4-5 yillar mobaynida mazkur yo‘nalishdagi ishlar, shubhasiz, yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu esa, avvalo, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi.

Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlarning bilim olish imkoniyatini kengaytirish uchun yangi tizim joriy etilgani alohida diqqatga sazovordir. Unga muvofiq, respublika bo‘yicha 2020/2021 o‘quv yilida oliy ta’lim dargohlarining kunduzgi bo‘limlariga 950 nafar, 2020/2021 o‘quv yilida 2030 nafar ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar talaba bo‘lish, davlat granti asosida o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu xotin-qizlarimizning oliy ma’lumotli bo‘lishiga, hayotda o‘zining munosib o‘rnini topishiga e’tiborning yuksak namunasidir.

Joriy yilning shu kunlarida yurtimizning barcha tuman va shaharlari hamda mahallalarda butun dunyoda nishonlanadigan “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Qizlar haftaligi” tadbirlarining debochasi sifatida “Qizlar forumi” o‘tkazildi.

Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad mamlakatimizda qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, iqtidorli qizlarning ijodiy faoliyatlarini ommalashtirish, yuksak axloqli, ma’rifatli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq qizlar safini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.

Ushbu forumda “Qizlar haftaligi”da o‘tkaziladigan tadbirlarni har bir mahallada yuqori saviyada tashkil etishga mas’ul bo‘lgan “Bibixonim maktablari”, “Qizlarjon klublari”ning a’zolari, “Qizlar odobi targ‘ibotchisi” tanlovi g‘oliblari, Zulfiya Davlat mukofoti sovrindorlari, respublika, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, sport chempionlari, tadbirkor, hunarmand qizlar faol ishtirok etdi.

"Qizlar haftaligi" davomida tashkil etilayotgan “Bibixonim maktablari”, “Qizlarjon klublari”mashg‘ulotlari, iqtidorli qizlarning turli sohalardagi ijod namunalari ko‘rgazmasi, noyob va innovatsion g‘oyalar namoyishi, eng ko‘p kitob o‘qigan qizlar bellashuvi, eng ko‘p xorijiy tillarni o‘zlashtirgan qizlar ishtirokida davra suhbatlari, qizlar mushoirasi, fan olimpiadalari g‘oliblari, chempion va yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan qizlar, rahbar ayollar bilan uchrashuvlar, yosh rassom qizlar ko‘rgazmasi qizlarimizning bugungi islohotlarda ishtiroklarini yanada kengaytirish, faol bo‘lmagan qizlarimizning ijtimoiy faolliklarini oshirish, qizlarning yetakchilik va tashkilotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish, muomala madaniyati va notiqlik mahoratini rivojlantirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni singdirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Tadbirlarda oliy ta’lim dargohlariga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyasi bilan davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarga yaxshi tilaklar bildirilmoqda. "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" ga kirgan qizlarga ishga joylashish, o‘z tadbirkorlik ishini boshlashda, huquqiy va boshqa jihatdan amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

17-oktyabrgacha davom etadigan “Qizlar haftaligi” respublikamizning barcha tuman va shaharlari hamda mahallalarida ko‘tarinki davom etmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться