O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasi ixtirochi ayollarga qanot bo‘lmoqda

2021-10-12 | Jamiyat

Shu yil Janubiy Koreyada o‘tkazilgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasida 30dan ziyod davlat qatorida O‘zbekiston vakilalari ham ishtirok etdi. “O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi” tomonidan 11 nafar olima ayolning ixtirolari mazkur xalqaro ko‘rgazmaga taqdim etilgan edi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etgan yurtimiz xotin-qizlari qator sovrinli natijalarni qo‘lga kiritgan edi.

Jumladan, Namangan muhandislik-qurilish instituti dotsenti Ozoda Abdullayeva ham o‘zining dasturiy kompleks ishlanmasi bilan qatnashib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda batafsil ma’lumot olish uchun Ozoda Abdullayevaning o‘zi bilan bog‘landik.

– “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – KIWIE 2021” xalqaro ko‘rgazmasida ixtirochi xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi. Biz ham “Texnik oliy ta’lim muassasalari magistlarining axborot boshqaruv kompitensiyalarini rivojlantirish” nomli dasturiy kompleks tayyorladik va “O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi” tomonidan tanlovga yuborildi. Ushbu ixtiromiz tanlov ekspertlari tomonidan yuqori baholanib, bronza medaliga munosib topildi.  

Ixtiromizning mohiyati haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, taqdim etilgan dasturiy kompleks tarkibiga uch o‘lchovli modellar, audio, video, animatsion materiallar, elektron ta’lim platformasining modeli, algoritmlari kabi kontentlar kiritilgan. Ishlab chiqilgan elektron portal modullarining funksional tuzilmasi esa maqsadli, mazmunli, texnologik, instrumental, nazorat qilish, tartibga solish, baholovchi va natijaviy kabi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.  

Ishlanmaning imkoniyatlaridan biri elektron portal yaratishning dasturiy algoritm kompleksi qulay interfeys va ma’lumotlarni vizual vositalar yordamida ixtiyoriy murakkablikdagi funksionallikni yaratadi. Zamonaviy portal axborot boshqaruv faoliyatini direktor servis ta’minlaydigan keng funksional katalog xizmatiga ega.

Dasturiy portalning yana bir afzalligi “sign on” ro‘yxatdan o‘tish texnologiyasi tufayli portal bir vaqtning o‘zida ma’lum bir foydalanuvchi o‘z ishida talab qilinadigan turli xil ilovalarga kirishini ta’minlay oladi.  

Ushbu portal texnik oliy o‘quv yurtlarida o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishga, o‘qitishdagi muammolarni bartaraf etishda zamonaviy elektron o‘quv resurslari didaktik ta’minoti yaratilishiga xizmat qiladi.  

Manba: O'zA

Поделиться