O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Save Aral – 2021» marafonining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi

2021-10-21 | Sport

Angren shahrida O‘zbekiston turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakatimiz yengil atletika federsiyasi tomonidan «Save Aral – 2021» marafonining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Atrof-muhit himoyasi, tabiat zahiralaridan ratsional foydalanish, ekologik fikrlash va aholi orasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish masalalari «Save Aral» tashabbusi doirasida katta ahamiyat kasb etmoqda va e’tibor jalb qilmoqda.

Toshkent viloyatining hokimiyati «Save Aral – 2021» marafonining tashkillashtirishi natijasida, ushbu sport tadbiriga ham o‘quvchilar, ham katta va o‘rta yoshdagi insonlarni jalb qilindi. Unda Hasan Mirsoatov g‘olib bo‘ldi. U masofani 8 daqiqa va 23 soniya ichida bosib o‘tib, eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

– Men musobaqada g‘alaba qozonganimdan xursandman. Kelgusida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishni va oltin medalni qo‘lga kiritishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganman, – deydi Hasan Mirsoatov.

Shuningdek, «Save Aral – 2021»da havaskor va imkoniyati cheklangan insonlar ham ishtirok etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ishtirokchilar o‘rtasida turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Manba: O'zA

Поделиться