O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mamlakatimizda xotin-qiz saylovchilar soni qariyb 11 millionni tashkil etmoqda

2021-10-18 | Saylov

Ayni vaqtda Toshkent shahridagi Prezident saylovini yoritish bo‘yicha Xalqaro media-xollda «Xotin-qizlarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylovlarda ularning faolligini oshirishning dolzarb masalalari» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tmoqda.

Oflayn va onlayn tarzida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir xotin-qizlarning siyosiy faolligi, xususan, elektoral madaniyatini oshirish sohasida parlament, jamoat tashkilotlari, vakolatli davlat organlari, qonun ijodkorligi sub’ektlari hamda huquqni qo‘llash amaliyoti vakillarining xotin-qizlar siyosiy ongi va elektoral madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ularning faolligini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi T.Norboyeva ochib berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ayollar saylov jarayonlarining barcha bosqichlarida faol qatnashishlari uchun erkaklar bilan teng sharoitlar yaratilganligini hisobga olib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish siyosatini kuchaytirish muhim masala hisoblanadi.

bugungi kunda Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari a’zolarining 104 nafari va uchastka saylov komissiyalari a’zolarining 65 ming 974 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

2019-yil Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovda uchastka saylov komissiyalarining tarkibida 54 ming 361 nafar ayol ishtirok etgan. Bu yilgi raqamlar bilan ushbu ko‘rsatkich solishtirilganda 21,3 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda xotin-qiz saylovchilar soni qariyb 11 mln.ni tashkil etadi.

 T.Norboyeva o‘z so‘zida hozirgi vaqtda xotin-qizlar mamlakat aholisining qariyb 50 foizini tashkil etishi, ularning barcha sohalarda samarali mehnat qilishlarini, shu jumladan, siyosiy boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi, saylovlarda ayollarning o‘rni beqiyos ekanligi, bugungi globallashuv davrida xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish va yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabi ekanligini e’tirof etdi. 

Manba: O'zA

Поделиться