O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Agrobank” ATB oʻrtasida memorandum imzolandi

2021-10-21 | Jamiyat

Oʻsimliklarni himoya qilish sohasini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida sohaga oid mavjud muammolarning ilmiy yechimini taʼminlash hamda yangi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish boʻyicha 2021-yil 20-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki oʻrtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur tadbir munosabati bilan ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani ham oʻtkazildi.

Anjumanda vazirlik va bank masʼul xodimlari, jurnalistlar, blogerlar hamda soha mutaxassislari, olimlar ishtirok etdi. Ushbu memorandum doirasida “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va sohadagi ilmiy izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, oʻsimliklarni himoya qilish yoʻnalishida zamonaviy labaratoriyalarni tashkil etish, joriy taʼmirlash ishlariga qaratilgan loyihalarga grant mablagʻi ajratishda oʻzaro hamkorlik faoliyatini amalga oshiradi va hamkorlikda yangi istiqbolli ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish maqsadida oʻzaro hamkorlik qiladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlariga oid loyihalarni shakllantirishda quyidagi jihatlar inobatga olinadi:-Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va sohadagi izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi innovatsion tadqiqotlarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy loyihalarni shakllantirishda zarur boʻlgan yangi ishlanmalarni yaratish, yangi gʻoyalarni ragʻbatlantirish;-oʻsimliklarni himoya qilish va qishloq xoʻjaligida yangi konstruksiyalar, materiallar, usullar, xizmatlarni yaratishga yoki mavjudlarini takomillashtirishga xizmat qilish;oʻsimliklarni himoya qilish yoʻnalishida zamonaviy labaratoriyalarni tashkil etish, labaratoriya infratuzilmasini joriy taʼmirlash va rekonstruksiya qilish;-respublika hududlarida sohaga oid aniq muammolarni ilmiy asosda hal etishga qaratilganligi;-loyiha natijasida yakuniy mahsulotni (yangi ishlanmani) yaratilishi asoslanganligi;-tanlovlar asosida moliyalashtirilgan loyihalar doirasida zamonaviy laboratoriya uskunalari hamda tadqiqot jarayonlari uchun boʻlgan zamonaviy texnik vositalari bilan taʼminlashda oʻzaro hamkorlik qilish;-hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari yoʻnalishlari boʻyicha yangi ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni respublika iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.Maʼlumki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan fundamental, amaliy hamda innovatsion loyihalar tanlovi muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan 2021-yilning birinchi yarim yilligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻsimliklarni himoya qilish va turli zararkunandalarga qarshi kurashga qaratilgan umumiy qiymati 58,1 mlrd soʻm boʻlgan 93 ta ilmiy loyihalar moliyalashtirildi.Shuningdek, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida “Qishloq xoʻjaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish fanlari”, “Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish” yoʻnalishi boʻyicha umumiy qiymati 47,6 mlrd. soʻm boʻlgan 32 ta tematik mavzular eʼlon qilingan.Mazkur yoʻnalishda bajarilayotgan tadqiqotlar koʻlamini yanada kengaytirish hamda sohada amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar natijadorligini oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirining 2021-yil 27-iyuldagi 192-son buyrugʻiga muvofiq, vazirlik huzuridagi “Oʻrmon xoʻjaligi fanlari” yoʻnalishi boʻyicha ilmiy-texnik kengash “Oʻrmon xoʻjaligi, tuproqshunoslik va oʻsimliklarni himoya qilish fanlari” yoʻnalishi boʻyicha Ilmiy-texnik kengash deb nomlandi.Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki oʻrtasida tuzilgan ushbu memorandum asosida umumiy qiymati 10,0 mlrd. soʻm boʻlgan ilmiy loyihalar tanlovi oʻtkaziladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться