O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar IT-Park filialida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida seminar tashkil etildi

2021-10-20 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ va Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda imzolangan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlar orasidagi targ‘ibot ishlari yuzasidan 62 ta umumta’lim maktablari axborot texnologiyalari o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarning axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilari va rahbar xodimlar ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, seminar davomida qatnashuvchilarga IT Park mutasaddi xodimlari tomonidan uzbekcoders.uz sayti orqali “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ro‘yhatdan o‘tish, loyiha maqsadi, mazmuni va unda bilim olish tartibi bo‘yicha to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться