O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iftixor mahallasi Chirchiqning iftixoriga aylandi

2021-10-18 | Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 18-mart kuni Chirchiq shahrida bo‘lganida Iftixor mahallasidagi ahvolni ko‘rgan, odamlardan hududdagi muammolarni so‘rab, ularni hal etish bo‘yicha vazifalar belgilagan edi.

Shundan so‘ng mahalla butunlay o‘zgardi. 16 ta ko‘p qavatli uyning kommunal tarmoqlari va tashqi qiyofasi yangilandi. Uylar oldida bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, avtoturargohlar tashkil etildi. Yo‘laklar asfaltlanib, ko‘chalarga yoritish chiroqlari o‘rnatildi. Hudud obodonlashtirilib, maysazorlar barpo etildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini uchun yangi bino, kutubxona qurildi.

Prezident mahalla bo‘ylab yurib, bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Mahalladagi 300 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 ming 250 o‘rinli 7-umumta’lim maktabi ham mukammal ta’mirlangan. Davlatimiz rahbari maktabdagi sharoitlar bilan tanishdi.

– Sizlar zamonaviy bilim olib, ertaga Yangi O‘zbekistonning munosib vorislari bo‘lib ulg‘ayishingiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz. Yaxshi o‘qib, sog‘lom bo‘lib ulg‘aysangiz, mening niyatim shu. Chunki, najot – ta’limda, bilimda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbat bo‘ldi.

- Ko‘p-ko‘p shaharlarga, uzoq-uzoq qishloqlarga borib, odamlarni rozi qilishga harakat qilayapmiz. Chirchiqda ham odamlar qiynaldi, umidsizlikka ham tushib qolgandi. Mana, endi o‘zgarishlarni ko‘rib, ishonch paydo bo‘ldi, “qilsa bo‘lar ekan-ku!” deyapti. Uylar qurilyapti, suv, issiqlik tizimi yaxshilanyapti, bog‘lar tashkil qilinayapti. Bunday ishlar hali davom etadi. Chirchiqni odamlar kelib havas qiladigan shaharga, viloyatda namunaga aylantirishimiz kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Iftixor mahallasida 2 ming 600 nafardan ziyod aholi yashaydi. Bugungi kunda hududda barcha qulayliklarga ega 2 ming 500 xonadonli 39 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Keyingi bosqichda, bu yerda yana 3 ming 500 oilaga mo‘ljallangan 56 ta zamonaviy uy barpo etiladi.

Mazkur mahallaga yondosh hududda 50 ta 2 qavatli kottejlar ham qurilmoqda. Prezident ushbu uylarni kirib ko‘rdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Поделиться