O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti “AR403» rusumli laboratoriya uskunasidan tadqiqotlarda foydalanilayotganini maʼlum qildi

2021-10-20 | Innovatsiya

Innovatsion rivojlanish vazirligi brifingida monitoring natijalariga ko‘ra Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga yetkazib berilgan “AR403» rusumli universal yuritkichli ko‘p maqsadli ilmiy laboratoriya asbob-uskunasi ishlatilmayotgani aniqlangani maʼlum etilgandi. Institutning ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha direktor muovini, professor Abdushukur Sarimsoqov Ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarida o‘tkazilgan o‘rganish davrida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan «Yo‘l xaritasi» bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirda mazkur qurilmada tadqiqotlar olib borilayotgani bo‘yicha maʼlumot berdi.

Professor A. Sarimsoqov bugungi kunda ushbu qurilmada tozalangan KMS, “Poliardez” dezinfeksiya vositasini va virusli kasalliklarga qarshi “GlazAvir” ko‘z plyonkalarini olish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilayotganini taʼkidladi. AR-403 qurilmasi asosan tibbiyotda qo‘llaniladigan polimer tarkibli preparatlar olishda ishlatiladi. Ushbu qurilmada polimer eritmalarini tayyorlash, ularni tozalash, polimer tarkibiga biologik faol preparatlar kiritish reaksiyalarini olib borish, hosil bo‘lgan polimer tarkibli preparatlarni ajratib olish, tozalash, maydalash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlarini beradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться