O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda Xotin-qizlar maslahat guruhlari tashkil etilmoqda

2021-10-20 | Jamiyat

Xotin-qizlar maslahat guruhlari (XMG) – xalqaro miqyosda mavjud bo‘lib, asosan xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga maslahatlar berish, amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida faoliyat yuritadi.

Shunday tashkilotlardan biri Latviyada mavjud, uning nomi – “Marta”. Bu nodavlat tashkilot 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, xotin-qizlar, bolalar huquqlarini himoya qilib keladi.  

 “Marta” ijtimoiy xizmatlar, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish orqali oiladagi zo‘ravonlik va odam savdosi qurboniga aylangan ayollarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, yoshlar va erkaklar bilan ishlash orqali zo‘ravonlikning oldini olish bilan shug‘ullanadi hamda zarur tarkibiy o‘zgarishlarga erishish uchun siyosiy maydonda ham, umuman keng jamoatchilik bilan ham o‘zaro hamkorlik qilib, gender tenglikni doimo himoya qiladi.  

 O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Xotin-qizlar maslahat guruhlari tashkil etilishida aynan “Marta” tajribasi asos qilib olindi.  

 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida tuzilayotgan Xotin-qizlar maslahat guruhlari O‘zbekistonning yetti tumanida tajriba tariqasida tashkil etilmoqda.    

 Aytib o‘tish kerakki, ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan memorandum imzolagan.    

 Memorandumga muvofiq, Taraqqiyot dasturi mutaxassislari Latviyaning “Marta” markazi bilan qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.

 Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Senati, Adliya vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi va nodavlat notijorat tashkilotlar (NNT) vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasining Latviyaga o‘quv safari amalga oshirdi.  

 Safar davomida gender tenglikni ta’minlash siyosati, qishloqlarda xotin-qizlar, yoshlar va bolalar, keksalar, imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bor shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda  NNTlarning davlat va hududiy tuzilmalar bilan o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba o‘rganildi.  

 O‘zbekiston delegatsiyasi Latviya Farovonlikni ta’minlash vazirligi, Parlamentning Gender tenglik guruhi, Ichki ishlar vazirligi, Riga munitsipalitet uyushmasi va “Marta” markazi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.  

 Bundan tashqari, Tukum hamda Sigulda shaharlariga tashrif amalga oshirilib, mahalliy meriya, Ijtimoiy xizmat departamenti va munitsiapal politsiyada nogironligi bor shaxslar, keksalar uchun xizmatlar kompleksi hamda yoshlar va bolalarni ijtimoiy himoya qilish borasida o‘zaro institsional hamkorlik qanday amalga oshirilishi bo‘yicha fikr almashildi.

 O‘z navbatida, Latviyaning “Marta” markazi ekspertlari ishtirokida Toshkentda seminar-treninglar o‘tkazildi.

 Shunday tadbirlar endilikda Surxondaryo viloyati Termiz shahrida va boshqa hududlarda bevosita Xotin-qizlar maslahat guruhlarida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun o‘tkaziladi.  

 Buning uchun “Marta”ning eng tajribali ekspertlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.  

 Treningda zaif guruhlar uchun targ‘ibot strategiyasi, mahalliy targ‘ibot strategiyasini shakllantirish, muammoli vaziyatlarda ishlash, kerak bo‘lgan taqdirda OAVni jalb qilish, mahalliy sharoitga moslashtirilgan kommunikatsion strategiyani ishlab chiqish kabi masalalar bo‘yicha maslahat beriladi, ilg‘or tajribalar o‘rgatiladi.    

 O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Xotin-qizlar maslahat guruhlari xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga maslahat beradi. Ularga zarur davlat xizmatlarini, kerakli hujjatlarni, ularning muddatlarini va hokazolarni aniqlashda yordam ko‘rsatadi. Ijtimoiy masalalar, psixologiya, tadbirkorlik va boshqa masalalar yuzasidan ham bepul maslahatlar beradi. Aynan ushbu mavzularni sodda qilib tushuntirib beradigan buklet va risolalar tayyorlaydi va bepul tarqatadi.

Bundan tashqari, xotin-qizlar, yoshlar, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun davlat xizmatlaridan foydalanish, kompyuter savodxonligi va my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalanish, til o‘rganish kurslari (rus, ingliz va boshqa tillar), biznesni boshlash/startaplar, psixologik xizmatlar, o‘z-o‘zini band qilish va kichik tadbirkorlik bilan bog‘liq kurslar (tikuvchilik, pazandachilik kurslari va boshqa kurslar), talabga ko‘ra boshqa dolzarb mavzular bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.  

Manba: O'zA

Поделиться