O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qo‘qonda yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi

2021-10-20 | Jamiyat

Qo‘qon davlat pedagogika institutida «Saylov – 2021: Kelajaging uchun ovoz ber» shiori ostida yoshlar forumi bo‘lib o‘tdi. Unda institut professor-o‘qituvchilari, siyosiy partiyalarning vakillari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nurbek Jo‘rayev mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida so‘z yuritib, yaqinlashayotgan Prezident saylovida faol ishtirok etish, munosib nomzodga ovoz berish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Darvoqe, mamlakatimizning har bir fuqarosi o‘z taqdirini yurt taqdiri bilan bog‘lar ekan, undagi siyosiy jarayonlarda ham faol ishtirok etishi, davlat boshqaruvida munosib nomzodni saylash orqali qatnashishi muhim ahamiyatga ega.

Saylovlarda ilk marotaba ishtirok etayotgan yoshlarning doimiy ravishda o‘zlarining siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirib borishlari, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishlari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalardagi keng qamrovli islohotlarning samarasi va ta’sirchanligining oshishiga xizmat qiladi. Bu yilgi saylovda Farg‘ona viloyatida 141 mingdan ziyod yigit-qiz birinchi marta saylovda ishtirok etadi. Forum davomida talabalar uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati va ovoz berish tartibi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Forum yakunida «Saylov mening nigohimda», «Munozara», «Yosh saylovchi rassom», «Eng yaxshi videorolik» ko‘rik-tanlovlari «Saylov bilimdoni» viktorinasi, «Zakovat” intellektual musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi.

–«Saylov –2021: Kelajaging uchun ovoz ber» shiori ostida o‘tkazilgan yoshlar forumi yuqori saviyada o‘tdi. Forum yigit-qizlarni bir maqsad yo‘lida birlashtira oldi,  –deydi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Oybek Bozorov.

Forum davomida institut talabalarining «Tarona» raqs ansambli ijro etilgan nafis raqslar hamda yangragan kuy-qo‘shiqlar barchani kayfiyatini ko‘tarib, forumga o‘zgacha shukuh baxsh etdi.

Manba: O'zA

Поделиться