O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi shaharcha yoshlar tadbiriga mezbonlik qildi

2021-10-29 | Yoshlar

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi yangi massivda «Sardorlar forumi» o‘tkazildi. Bag‘dod tumani Guliston mahallasida barpo etilgan yangi shaharcha farg‘onalik yoshlarning anjumaniga mezbonlik qildi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan «Sardorlar forumi» tashkil etildi. «Bag‘dod tajribasi» asosida qad roslagan ko‘p qavatli uylar, maktab, kovorking markazi, madaniyat saroyi va boshqa ko‘plab majmualar har qanday kishining havasini keltiradi. bugungi kunda ko‘plab oilalar bu yerda uy to‘yini nishonlamoqda. Asosiysi, barkamol avlod uchun ham bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan.  

Shahar va tumanlardan kelgan yoshlar mazkur massivdagi bunyodkorlik ishlari va yangilanishlarga guvoh bo‘ldi. Harbiy orkestr sadolari ostida forumning tantanali ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi Risolatxon Mamajonova tomonidan forumga start berildi.

Barcha sardorlar yo‘nalishlar kesimida guruhlarga bo‘linib, seminar-treninglarda ishtirok etdi. Forum doirasida o‘tkazilgan «Sardorlar saylovi – 2021» tanlovida ishtirokchilar tomonidan yangi tashabbus va g‘oyalar ilgari surildi. 266 nafar sardorlar ichidan viloyatga 7 ta yo‘nalishdan iborat 14 nafar Sardorlar kengashi a’zolari saylandi. Tanlov g‘oliblari sovg‘alar bilan taqdirlandi. Muhammadyusuf Erkinboyev viloyat «Ittifoq» sardori etib, Roziyaxon Ro‘ziboyeva «Kamalak» sardori etib saylandi.

Manba: O'zA

Поделиться