O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hokim va ularning o‘rinbosarlari faoliyatining reyting natijalari endilikda ochiq
2021-10-28 | Siyosat
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi yana bir imkoniyatni taqdim qiladi. Endilikda siz nafaqat hududingizdagi rahbarlar ko‘rsatkichlari bilan tanishishingiz, balki ular faoliyatini baholashingiz ham mumkin.
Agentlik tomonidan respublikaning barcha tuman, (shahar)larida hokim va hokim o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (EMSK, KPI) asosida baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘z navbatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va natijaga erishishda har bir rahbarning hissasini aniq belgilash imkonini bermoqda.
Reyting natijalari ochiq, Agentlikning argos.uz portali "Reyting" (https://argos.uz/oz/indicator) sahifasiga joylashtirildi va u quyidagi qismlardan iborat:
– Natijadorligi yuqori hududlar,
– Ko‘rsatkichlari eng yuqori tuman (shahar)lar,
– Hududlardagi ko‘rsatkichlari eng quyi tuman (shahar)lar,
– Hokim o‘rinbosarlarining EMSK bo‘yicha reytingi.
Shuningdek, elektron xizmatda tuman (shahar) hokimlarining TOP – 20 talik, tuman (shahar) hokimlarining QUYI – 20 taligi ham joy olgan.
Agentlik izohicha, ushbu reyting natijalari 2021-yil iyun holatida. 3-chorak natijalari ham yaqin kunlarda e’lon qilinadi.
Manba: O'zA