O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi doirasida xususiy sektor, akademik va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan davra suhbatlari o‘tkazildi

2021-10-29 | Iqtisodiyot

“International Hotel Tashkent” mehmonxonasida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari B.Abidov boshchiligida O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar guruhi ishbilarmon hamda akademik doiralar bilan O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (JST) a'zo bo‘lishiga bag‘ishlangan ikkita davra suhbatida ishtirok etdi.

Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, mamlakat xususiy sektorining 100 dan ortiq vakillari, ishbilarmon doiralar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari qatnashgan ushbu tadbirlar JST Kotibiyati Bosh direktorining o‘rinbosari S.Chjan boshchiligidagi delegasiyasining O‘zbekistonda BMT taraqqiyot dasturi ko‘magida 2021-yil 26-31-oktyabr kunlari O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
 
Ishbilarmonlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida JSTga a'zo bo‘lish jarayoni va uning xususiy sektor faoliyatiga ta'siri, mamlakatning turli tarmoqlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va boshqa jihatlar muhokama qilindi.
 
JST Bosh direktorining o‘rinbosari S.Chjan ishtirokchilarni Xitoyning JSTga kirish tajribasi va mazkur jarayonning XXR xususiy sektoriga salbiy oqibatlarini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirdi.
 
Ikkinchi davra suhbatida akademik, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi. O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi jarayonida ular ishtirokining samaradorligini oshirish bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.
 
JSTga kirishda ilmiy-tadqiqot institutlarining muhim roliga alohida e'tibor qaratildi. Ular Tashkilotga a'zo mamlakatlar bilan muzokaralar olib borish uchun argumentlarni tayyorlash hamda iqtisodiyot tarmoqlari uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish hamda salbiy ssenariylarni bartaraf etish imkoniyatlari va zarur bo‘lgan resurslarga ega.
 
JSTga qo‘shilgandan so‘ng respublikaning Tashkilot faoliyatida samarali ishtirok etishi uchun ko‘p tomonlama savdo tizimi va JST masalalari bo‘yicha salohiyatli kadrlarni tayyorlash zarurligi qayd etildi.
 
Tadbirlar davomida JST kotibiyati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, milliy ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va vakillari tomonidan taqdimotlar va chiqishlar o‘tkazildi.
 
Davra suhbatlari yakunlarida ishtirokchilar O‘zbekistonning JSTga a'zo bo‘lishi jarayonida davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi muloqotni faol davom ettirish, shuningdek, unga milliy tadqiqot institutlarini jalb etishni yanada kengaytirish bo‘yicha yakdil fikr bildirdilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться