O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston-Belarus ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2021-11-01 | Innovatsiya

Oʻzbekiston-Belarus ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning ikkinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishga Oʻzbekiston tomondan innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Belarus tomonidan Belarus Respublikasi Ilm-fan va texnologiyalar boʻyicha davlat komiteti raisi Aleksandr Shumilin raislik qildilar.

Aleksandr Shumilin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari muvaffaqiyatli oʻtgani bilan yigʻilish ishtirokchilarini qutladi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasidagi ilmiy-texnik hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, ilmiy-texnik hamkorlik yoʻnalishlarini faollashtirish, 2019 – 2021-yillar davomida amalga oshirilgan qoʻshma ilmiy loyihalarning bajarilishi holati, qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovi natijalari, 2021 – 2023-yilda bajarilishi lozim boʻlgan ilmiy loyihalar roʻyxati, shuningdek, hamkorlikda tashkil etiladigan boshqa tadbirlar muhokama etildi.
Taʼkidlash joizki, 2019-2021-yillarda Oʻzbekiston-Belarus ilmiy-texnik hamkorligi dasturi doirasida 15 ta loyiha bajarildi va ularning yakunlariga koʻra qator muhim ilmiy natijalar olindi. Endilikda esa mazkur loyihalarning tijoratlashtirish jarayoni tashkil qilinishiga va qoʻshimcha moliyalashtirish talab etiladi. Tadbirda bu masala koʻrib chiqilib, ushbu loyihalar natijasida olingan ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar 2021-2023-yillarda qoʻshma ilmiy loyihalar sonini 30 taga yetkazishga kelishdilar. Joriy yil yakuniga qadar 50 nafar yosh olimni Belarus ilmiy muassasalariga stajirovkaga yuborish va keyingi yillarda ularning sonini oshirish lozimligi qad etildi.

Tadbir davomidagi muhokamalar natijasida hamkorlikda amalga oshiriladigan ilmiy yoʻnalishlar tasdiqlandi, jumladan, Energetika va energiyani tejash, Tibbiyot va tibbiy texnologiyalar, Farmatsevtika va farmakologiya, Nano va biotexnologiyalar, Kimyoviy texnologiyalar, Yangi materiallar, Raqamli iqtisodiyot, Oziq-ovqat xavfsizligi, Agrosanoat texnologiyalari, Tabaitni oqilona boshqarish (tabiatdan oqilona foydalanish), Tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, Suv resurslarini boshqarish texnologiyalari, Foydali qazilmalarni olish texnologiyalari, Lazer texnologiyalari va fotonika ustuvor yoʻnalishlar sifatida belgilandi.
Bundan tashqari, hamkorlikda qoʻshma startaplar tanlovi eʼlon qilinishi va poytaxtimizda yangi barpo etilgan “INNO” texnoparki bazasida staraplar faoliyati tashkil etilishiga kelishildi. Umuman, ikki davlat tomonidan ilm-fan sohasidagi konferensiyalar, forumlar, koʻrgazmalar, tajriba almashinuvi dasturlari sonini oshirish lozimligi qayd etildi.

Komissiya Oʻzbekiston-Belarus ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning uchinchi yigʻilishini 2023-yilda Belarus respublikasida oʻtkazilishi toʻgʻrisida qaror chiqardi.

Поделиться