O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi mobil ilova yaratildi

2021-11-01 | Jamiyat

Xorazm Ma’mun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi Rajapov Mardonbek tarix fanidan amaldagi maktab darsliklari asosida o‘quvchilarning bilimini aniqlash, ularni tizimlashtirish va oshirishga qaratilgan yangi mobil ilova yaratdi.

TestPRO-Salom Mukammalik, deb nomlanuvchi mazkur mobil ilova orqali tarix fanini zamonaviy va mutlaqo yangicha formatda o‘rganish imkoni bor.

Ilovaning eng muhim jihatlari - tarix fanidan barcha sinflar yagona ilovaga jamlangani, har bir sinf 4 ta bosqichdan iborat ekani, qo‘llanmada offlayn test, yopiq test, onlayn test mujassam ekanida namoyon bo‘ladi.

Bundan tashqari, har bir mavzuni o‘rganish bo‘yicha 90 foizlik natijaga erisha olmasangiz keyingi mavzular ochilmaydi.

Shuningdek, testlar Davlat test markazi andozasi bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, unda rasmli, kartali va turli xil diagrammalar orqali tuzilgan maxsus testlar joy olgan. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Manba: O'zA

Поделиться