O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish jarayoni davom etmoqda
2021-10-27 | Jamiyat
MHXS hujjatlarining tarjima loyihasi yuzasidan jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) maqsadida MHXS hujjatlari Moliya vazirligining veb saytida e'lon qilib borilmoqda.
Bugunga qadar 57 ta MHXS hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi. Mazkur hujjatlar yuzasidan jamoatchilikning ma'noviy, imloviy va grammatik jihatdan o‘rganib chiqilgan o‘rinli taklif va mulohazalari kelib tushmoqda. MHXS hujjatlarining tarjimasi loyihasi yuzasidan berilgan asosli takliflar ularni asl ma'nosida qo‘llash uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy haftada MHXS hujjatlarining bevosita foydalanuvchilari va jamoatchilikning fikrini o‘rganish va takliflar olish (feedback) uchun quyidagi 3 ta MHXS hujjatlarining davlat tilidagi tarjimasi loyihasi Moliya vazirligining veb saytiga joylashtirildi:
1. 39-son Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti
Moliyaviy instrumentlar: tan olish va baholash;
2. 7-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti
Moliyaviy instrumentlar: ma'lumotlarni yoritib berish;
3. 10-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standarti
Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobot
Mazkur MHXS hujjatlarini davlat tilidagi tarjimasi yuzasidan fikr va mulohazalarni ifrs@mf.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.
MHXS hujjatlarini davlat tilidagi tarjimasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin - havola
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi