O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro viloyatida “Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasi o‘tkazildi
2021-11-01 | Jamiyat
Buxoro viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommugikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va IT-Park Buxoro filiali hamkorligida “Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
“Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasini o‘tkazishdan maqsad, Buxoro viloyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot sohalarida xizmatlar ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish bozorini yanada rivojlantirish hamda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnoparki rezidentlari sonini oshirishdir.
Mazkur ko‘rgazma axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi biznes vakillari va bevosita iste’molchilarning o‘zaro muloqotiga, talab va taklifning shakllanishiga, hamkorlikdagi tashabbuslarni ilgari surishga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, ushbu ko‘rgazma nafaqat sohadagi so‘nggi yangilik va ishlanmalar namoyishi, balki ishlab chiqaruvchilar uchun o‘zaro tajriba almashish va malaka oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rgazmada “Huawei” xorijiy kompaniyasi, “Telecom Devices Pro” MChJ, “O‘zbektelekom” AK Buxoro filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali, “Aloqabank” viloyat filiali, “UZDIGITAL TV”, “TURON TV”, “Buxoro agroklaster” MChJ, oliy ta’lim muassasalari, viloyatdagi uyali aloqa operatorlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mahalliy dasturchilar tomonidan yaratilgan dasturlari bilan taqdimot qilishdi.
“Buxoro IT-Expo” ko‘rgazmasida 40 dan ziyod korxona va kompaniyalar o‘z stendlari bilan ishtirok etdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi