O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘FA mutasaddilari, hakamlar va OAV vakillari ishtirokida Superligadagi hakamlik muhokama qilindi
2021-10-28 | Sport
O‘FA tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda dastlab, Ravshan Ermatov so‘z olib, bugungi kunda o‘zbekistonlik hakamlarning darajasi, ularning ish faoliyati va hakamlikdagi FIFA tomonidan joriy etilgan oxirgi qonun-qoidalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Seminarda asosiy eʼtibor O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan turi (23-tur) dagi barcha bahsli vaziyatlar qizg‘in va atroflicha muhokama qilindi. Mutaxassis va hakamlar jurnalistlarning savollariga batafsil javob bergan holda o‘z qarorlarini izohlab berishdi.
Jumladan, Firdavs Norsafarov ishlagan o‘yinlarda uning yo‘l qo‘ygan xatolari ko‘rib chiqildi. “Paxtakor” va “Qizilqum” o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda navoiyliklar darvozasiga belgilangan penaltilarning birida u xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi. Shuningdek, Namanganda o‘tkazilgan “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda VAR‘da bosh hakamlik qilib, o‘yinning birinchi taymida “Navbahor” futbolchisining o‘ta qo‘pol harakatini o‘yindagi bosh hakamga yetkazmagani uchun ham aybdor ekanligi qayd etildi.
Shundan so‘ng, juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan o‘yin “Andijon” va “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuvda qarshiliklarning hisobga olinmagan goli bo‘yicha o‘yin bosh hakami Aziz Asimov tushuntirish berdi. Bu holatda to‘p hujumchining qo‘liga tegib darvoza to‘ridan joy olgani qayd etildi va shu sababdan gol inobatga olinmaganini maʼlum qildi.
Uchrashuv davomida Ravshan Ermatov har bir hakamni o‘zi ustida ishlashga, o‘yindan oldin futbolchilar va ularning harakterini yaxshilab o‘rganib chiqishga daʼvat qildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi