O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Milliy musiqa bilimdonlarining ijodiy tanlovlari

2021-10-27 | Madaniyat

Maqom – mo‘’jizakor va betakror san’at.

O‘zbek milliy maqom markazi, Madaniyat vazirligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan o‘tkazilgan bir yo‘la uchta ijodiy tanlovlar bastakorlar, kompozitorlar, musiqashunoslar faoliyatini kengroq tahlil etish imkonini berdi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2017-yil 17-noyabrda qabul qilingan "O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori milliy musiqa san’atimiz rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Unga ko‘ra, o‘zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining «oltin fondi»ni yaratish, xalqimiz, xususan, yosh avlodni maqom san’ati bilan keng tanishtirish orqali ularda milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptirish borasidagi ishlar hajmi tobora kengaydi.

Maqom san’ati bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mumtoz musiqa merosimiz namunalarini notaga olish, mavjud yozuvlarni takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga e’tibor kuchaydi. Maqom san’atining ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbashariy qadriyatlar bilan bog‘liq jihatlarini chuqur o‘rganib, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bastakorlar, kompozitorlar, musiqashunoslar o‘rtasida tashkil etilgan ushbu tanlovlardan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish va zamonaviy bastakorlik ijodiyoti an’analariga singdirish, maqom namunlari asosida zamonaviy asarlar yaratish, maqom yo‘llarida ijod qilib kelayotgan bastakor, kompozitor va musiqashunoslarni kashf etish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iboratdir.

Uch kun davomida musiqa olamining bilimdonlari, ustozlar sohada izlanayotgan yoshlarning faoliyati, ijod yo‘nalishini atroflicha o‘rgandilar. Soha mutaxassislaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati respublikamizning turli hududlaridan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ko‘plab mualliflarning monografik, ilmiy va ilmiy-ommabop yangi adabiyotlarini ko‘zdan kechirib, baholadilar.

Barcha g‘olib va sovrindorlar joriy yilning 16 noyabr sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan taqdirlash marosimi va gala-konsertda e’lon qilinadi.

Manba: O'zA

Поделиться