O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llari belgilab olindi

2021-10-29 | Iqtisodiyot

Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) Kengashi raisi M.Myasnikovich bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy Ittifoqiga (EOII) a'zo davlatlar bilan o‘zaro hamkorligi doirasidagi munosabatlarning hozirgi holati va mushtarak vazifalarni hal etish mexanizmlari muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro manfaatli iqtisodiy sheriklik, teng huquqlilik va milliy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga, shuningdek, O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan o‘zaro munosabatlarni yanada kengaytirishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga doir qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishga sodiqligini bildirdilar.
 
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, savdo tartibotlarini soddalashtirish va raqamlashtirish, sanitariya, fitosanitariya va veterinariya sohasida me'yor va standartlarni takomillashtirish, transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish, texnologiyalar bilan almashish hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarbligi qayd etildi.
 
O‘zbekiston va YeOIIga a'zo davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish maqsadida YeIK bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni birgalikda ishlab chiqishga kelishildi. Unda savdo, sanoat, bojxona va soliq ma'muriyatchiligi, texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya standartlari, energetika, farmasevtika, mehnat migratsiyasi va boshqa sohalarda YeIKning tegishli bo‘linmalari hamda mamlakatimiz vazirliklari va idoralari o‘rtasidagi hamkorlikning aniq chora-tadbirlari aks etadi.
 
Shuningdek, tomonlar YeOIIga a'zo mamlakatlarning salohiyatli investorlarini sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb etish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar.
 
Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni hal etish hamda kelishilgan tashabbus va hamkorlik yo‘nalishlarini ilgari surish bo‘yicha birinchi darajali tadbirlar belgilab olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться