O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi
2021-11-01 | Ta’lim
Viloyat yoshlarini axborot texnologiyalari sohasiga qiziqtirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish va tayyorlash, IT ta’limni rivojlantirish, shuningdek, tumandagi soha xodimlarini AKT bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish maqsadida Xo‘jaobod tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Xo‘jaobod tumani hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi qatnashdi.
Tumanning pochta bog‘lamasi binosidan joy olgan IT markaz xonalari axborot texnologiyasi muhitiga mos ravishda qayta ta’mirlanib, zamonaviy kompyuter texnikalari va mebellar bilan ta’minlandi. Markazga tashrif buyurgan mehmonlar mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan o‘quv xonalarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
O‘quv markazida yoshlarga axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari, robototexnika, kompyuter o‘yinlari va kibersport, zamonaviy raqamli texnologiyalarni o‘rgatish hamda mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi