O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qashqadaryo viloyatidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun IT kurslar tashkil etildi
2021-11-01 | Jamiyat
IT-Park Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali va Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Qamashi tumanidagi 4-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun bepul IT kurslar tashkil etildi.
Ushbu o‘quv kurslari Qamashi tumani Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi mutaxassislari tomonidan “Raqamli avlod” loyihasi doirasida tashkil qilindi. Darslar “Dasturlash”, “2D va 3D dizayn” va “Kompyuter savodxonligi” yo’nalishlarida olib borilmoqda.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi